yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Yashil iqtisodiyot va barqaror energiya

Muallif: Baxromjon Toshimboyev
Holati: Tasdiqlandi

"Yashil iqtisodiyot va barqaror energiya" dasturini kengaytirish: 1. Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish: Butun O'zbekiston bo‘ylab quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanishni kengaytirish. Bu nafaqat ekologik zararlarni kamaytiradi, balki uglerod izini ham pasaytiradi. 2. Ifloslantiruvchi sanoatni tartibga solish: Chiqindilarni kamaytiruvchi qat’iy qonunlar qabul qilish va korxonalarni ekologik texnologiyalarga o‘tishga rag‘batlantirish. 3. Daraxt ekish kampaniyalari: Har bir korxona tashkilot xodimi uchun majburiy daraxt ekish maqsadlarini belgilash. Bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda katta qadam bo‘ladi. 4. Ta’lim va targ‘ibot: Aholiga ekologiyaning ahamiyati haqida muntazam ta’lim berish, yoshlarni ekologik muammolarni hal qilishga jalb qilish. Bu takliflarni amalga oshirish nafaqat ekologiyani yaxshilaydi, balki kelajak avlodlar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratadi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.