yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Ekologiya va yashil makon loyihasi

Muallif: Sirojiddin Baxriddinov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum Ekologiya haqidagi mening taklifim shundan iboratki men togʻli hududda yashayman. Hozirda togʻlardagi yovvoyi daraxt va butalarni kesib sotuvchilar koʻpaygan buning natijasida togʻlardagi tabiiy daraxtlar kamayib bormoqda, ekologiyani asrash uchun avvalo mana shu tabiiy daraxtlarni asrash bilan qatʼiy shugʻullanish zarur deb hisoblayman. Yashil makon loyihasi koʻzboʻyamachilik loyihasi boʻlib qoldi, sababi biz oʻzimiz mana shu yil kuzda bitta joyga uchinchi marta qayta koʻchat ekayapmiz chunki biz faqatgina ekayapmiz bu koʻchatlarning unib oʻsishi uchun esa hech qanday ish qilganimiz yoʻq. Mening taklifimning mazmuni shundaki yashil makon qilamiz deb koʻchat ekdikmi shu koʻchatning oʻsishini ham nazorat qilishimiz lozim deb hisoblayman. Baxriddinov Sirojiddin.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.