yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Respublika darajasida "KIBERSPORT"ni rivojlantirish va Jahon arenalarida natijalarni yaxshilash.

Muallif: Abdulla Sayfullayev
Holati: Tasdiqlandi

Xabarimiz borki, 2026-yil MDH davlatlari o‘rtasida Kiberport musobaqalari O‘zbekistonda o'tadi. Jizzax shahriga yaqinda bo‘lgan sayohatimiz davomida ushbu musobaqalarga tayyorgarliklarni koʻrib, juda xursand boʻldim. Ammo meni bir narsa oʻylantiryapti, nega hali ham odamlar orasida "kibersport" deyilsa, ensasi qotadi. Shu sababdan, ushbu yoʻnalishni ommalashtirish, axborot-texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish va xalqimiz orasida aytilganidek: "telefonga yoki qandaydir oʻyinga qaram boʻlib qolish" degan tushunchalarni yoʻqotib, professional darajada kibersport bilan shugʻullanishga chaqirish boʻyicha dastur ishlab chiqilsa, maqsadga muvofiq edi. Kichik hamda yirik turnir, musobaqalar tashkil etilsa, jahon standartlariga toʻgʻri keluvchi professional jamoalar sonini koʻpaytirish ustida ishlar amalga oshirilsa, yaxshi boʻlar edi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.