yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Oquv markaz tashkil qilish

Muallif: Mardonbek Tajibayev
Holati: Tasdiqlandi
Men Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi bir qishloqda yashayman. Qishlogʻimiz aholisining katta qismini yoshlar, ayniqsa 18-20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar-u bolalar tashkil qiladi. Gapimni isboti tariqasida oʻtgan yili va bu yil 1-sinfga qabul qilinganlar sonini hamda 11-sinfni bitirganlar sonini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kuzatishim boʻyicha, qishlogʻimizda insonlarning asosiy faoliyati dehqonchilik va chorvachilik boʻlishiga qaramasdan, yoshlar orasida zamonaviy kasblarga, chet tillarini oʻrganishga, tibbiyot va fizika sohalarini oʻrganishga qiziqishni koʻrib, progressiv qishloq maqomini bersak ham xato boʻlmas. Biroq asosiy daromadi dehqonchilik va chorvachilikdan boʻlgan aholining katta qismi farzandini qaysidir sohani oʻrganishga pul ajratolmaydi, shahar markaziga, kurslarga borish uchun mablagʻ sarflashni xohlamaydi. Bunga quyidagilarni sabab qilib koʻrsatishimiz mumkin: 1. Oilaviy daromad, asosan, Maslov piramidasidagi 1-darajali ehtiyojlarni qondirishga yetarlidir. 2. Qizlarni shahar markaziga yuborib, taʼlim olishini koʻpchilik ota-onalar turli xil sabablarga koʻra xohlashmaydi. Yuqoridagi yoshlarimizni orzularini amalga oshirishga koʻprik boʻlish uchun, puli faqatgina 1-darajali ehtiyojlarni qondirishga yetayotgan oila farzandlari uchun, maktabni bitirib-oq, chetga oʻzi xohlamagan ishni ishlashga ketayotgan yoshlar uchun qishloq markazida katta, barcha sohalarga ixtisoslashgan, kerakli jihozlar va zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlangan oʻquv markaz tashkil qilish gʻoyasining realizatsiyasi uchun mablagʻ ajratishni soʻramoqchiman.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.