yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Boshlangʻich sinflarda dars oʻtish metodlari haqida

Muallif: Nodira Gʻofurova
Holati: Tasdiqlandi
Amerika nimaga kuchli va rivojlangan? Amerika kuchli va iqtidorlilarga bagʻriga ochgan. Koʻp iqtidorlar oʻsha atmosferaga intilishadi.U yerda turli irq va millat vakillari jamoaviy ishlar va bizneslar olib borishadi.Koreya maktablari universitetlari ham shunday. Vatanimiz maktablarida ham jamoaviy ishlash tizimlarini shakllantirish kerak.Masalan shanba kunlari yuqori 6 sinfdan 11 sinfgacha bolalar uchun Mehnat va tajriba kuni qilish kerak.Deylik oʻgʻil bolalar mashina servis ustaxonalariga,fermer xoʻjaliklariga,qassobxonalarga , supermarketlarga,qizlar chevarxonalarga,pishiriq sexlariga,qishloq vrachlik punktlariga,til biladiganlar oʻquv markazlarga borishni yoʻlga qoʻyish kerak.Va bunda qanchadir miqdorda haq berishni ham joriy qilish kerak. Bunda oʻquvchi oʻziga nimani oladi? Avvalo kasblar haqida kerakli tushuncha,oʻz kasbini ustasi boʻlish uchun qay darajada oʻqish kerak,nimalarga eʼtibor qaratish lozim bularni biladi jamoaviy ishlashni oʻrganadi.Va eng muhimi bolalarni mehnatga oʻrgatiladi. 4 yil 5yil oldin biz CHATGTP SUNʼIY INTELEKT haqida bilmasdik.Va 5 yildan keyin nimalar boʻlishi va nimalar tezlashishini bilmaymiz.Hozirgi kunda har narsani erta boshlaganlar yutyapti.Shuning uchun maktab davridayoq bola tanlamoqchi boʻlgan kasbini oʻzida his qilib koʻrishga imkon berish zarur deb oʻylayman.Keyin maktablarimizda oʻtilayotgan mehnat darslari yokida texnologiya va tarbiyaviy soat yokida maʼnaviyat soatlari qizlar va oʻgʻil bolalar uchun alohida alohida oʻtilishi kerak deb hisoblayman.Chunki hayotda oʻgʻilbolalar boshqa bir atmosferaga qizlar boshqa bir atmosferaga duch keladi.Ayniqsa tarbiyaviy soatlar...Qizlar uchun butunlay boshqa tarafdan yondashish ayol oʻqituvchilar tarafidan va oʻgʻil bolalar uchun ham huddi shunday erkak ustozlar tarafidan boʻlishi kerak.Chunki maktab hayotimizning eng muhim davrlarini hal qiladi yoshlik,oʻrganish imkoni,oʻz oʻzini anglash.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.