Book kafe
Prezidentimizning bir gapi bor. Hozir kitob o'qiyotgan bir bola televizor ko'rayotgan o'n bolani boshqaradi. Shuni hisobga olgan holda yurtimizda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Yosh kitobxon, Yosh kitobxon oila, Zukko kitobxon kabi tanlovlar tashkil etilgan. Ba'zida berilgan adabiyotlarni topish qiyinchilik tug'diradi. Va ushbu qiyinchilikning yechimi sifatida Mutolaa ilovasi yaratildi. Albatta bu quvonarli. Ammo kutubxonalarning o'rni bo'lak. Doim ham telefonda mutolaa qilish oson emas. Ana shu paytda kitob va kutubxona ayni muddao. Chunki telefondan ko'ra kutubxonaga borib, kitobning o'zidan o'qish zavqliroq va foydaliroq deb o'ylayman. Shu sababdan har bir tuman markazida kutubxona tashkil etish va shu tanlovlarga berilgan adabiyotlar bn to'ldirish zarur. Chunki ba'zan viloyat kutubxonasida ham kitoblarni izlab topish qiyin. Misol uchun men yashab turgan tuman markazida kutubxona yo'q. Men izlagan kitobni viloyat markazidan topaman. Agentlik yordami bilan kichikroq 10 15 kishi sig'adigan kutubxona tashkil etilsa zo'r bo'lardi. Va qiziqtirish uchun bu kutubxonani bookkafe, ya'ni kofe bilan birgalikda tashkil etish yaxshi fikr menimcha.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!