Yosh ekologlar harakati
Muallif:
Safina Azizova
Holati:
Tasdiqlandi
Har bir viloyatda Yosh Ekologlar kengashi tashkil qilingan. Lekin hali tumanlargacha yetib kelmagan. Aynan shu kengash negizida tuman markazlarida Yosh ekologlar harakatini tashkil etish kerak. Ushbu harakat orqali o'sib kelayotgan yoshlarga ekologiya va unga zarar yetkazish oqibatida kelib chiqayotgan global muammolar haqida tushunchalar berib ularning oldini olish uchun birlashib harakat qilish kerakligini tushuntirish mumkin. Yosh ekologlar harakati bilan ploging aksiyalari, yashil makon tadbirlarini keng qamrovli o'tkazish mumkin. Kelajak yoshlariga ekologiya muammolari va ularni oldini olish tushuntirilsa ekologiyani asrash uchun foydali qadam bo'la oladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!