Sunʼiy intellekt texnologiyasini tibbiyotga tatbiq etish
Muallif:
Amrillo Rajabov
Holati:
Tasdiqlandi
Bugungi texnologik rivojlanish va sunʼiy intellekt asrida sunʼiy intellekt texnologiyasi kirib bormagan sohalar ilm fan yoxud ijtimoiy sohalar deyarli yoʻq. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda bu texnologiya boshqa sohalar qatori tibbiyotda ham keng qoʻllanilib kelinmoqda. Xususan AQSh davlatida sunʼiy intellekt xavfli oʻsma kasalliklari erta tashxisoti va davosida oʻz samarasini koʻrsatdi. Sunʼiy intellektdan tibbiyot sohasida foydalanish biz kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa foydali boʻladi:
- tibbiy diagnostika va davo jarayonlari tezligi va aniqligi ortadi
- aholining tibbiy yordam qamrovi ortadi
- ishchi kuchi tejaladi
- iqtisodiy moddiy resurslar ( boshqaruv organlari xodimlari hisobiga) sarfi kamayadi. Loyihani amalga oshirish uchun sohaga qiziquvchi yoshlarni chet davlatlarda oʻqishini va oʻrganilgan bilimlarni mamlakatimizda tatbiq etishlari uchun imkoniyat yaratish zarur.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!