Butun O'zbekiston Yoshu-Qarilarni eng kerakli va dolzarb, zamonaviy ishonchli bilimlarni olishida shoroit yaratish
Muallif:
Jahongir Xolboyev
Holati:
Tasdiqlandi
Assalomu alaykum taklifim shundan iboratki hurmatli Alisher aka o'ylaymanki bir chetda qolib ketmaydi degan umid bilan yozmoqdaman, o'zi yuzma yuz ko'rishganda aytmoqchi edim mayli endi; Bir inson hayoti davomida o'qishi kerak bo'lgan muhim kitoblarni 100tagachami yoki boring ana 500tagacha ro'yhatini mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda tuzilsa, kichik bir zamonaviy kutubxona tashkil etilsa har bir qilshloq va mahalla markazlarida va bu kutubxona yoshu qariga ishonchli va sifatli xizmat qilsa (iloji bo'lsa 24soat/7kun) ham oddiy odamlar huquqiy ilmi oshardi hamda bir necha ming kishi joylarda ishli bo'lardi albatta bu kutubxonani Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi qolaversa butun jamiyat nazoratga olsa degan taklifni bergan bo'lardim. Ha aytgancha kutubxonachi qilib fidoyi halol, ilmga va ilm ahliga muhabbatli insonlardan qo'yasizlar degan umiddaman. Bu taklifni nega beryapman,? bunga bir necha sabablar bor: hamma ham shahar markazlardagi katta kutubxonalarga borolmaydi 1 (qariyalarni ham ko'zda tutib aytayapman) , 2 imkoniyati yetmasligi mumkin (agar bu kutubxona kitoblarini o'qish tekin qilib qo'yilsa albatta maqsadga muvofiq keyin natijasini beradi) 3 o'ylaymanki vaqtlar samarali o'tadi va albatta tartib intizom bo'lish kerak va h.k
Agar nasib qilib bu taklifimiz inobatga olinsa yanada rivoji uchun shuni qo'shimcha qilardimki oddiy qishloq odamlariga ham imkoniyat bo'lardi kutubxonaga bir yaxshi internet tarmog'i ulangan kompyuter bo'lib undan elektron xizmat axborotlardan mutaxassis yordamida foydalansa...
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!