yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

O'zbekiston bo'ylab kitobxonlikni rivojlantirish

Muallif: Diyorbek Jaynarov
Holati: Tasdiqlandi
Taklifimni boshlar ekanman quyidagi jumlalarni yozib o'tishni joiz deb bildim: "Ilm olishga hazrati Shofe'iyning mablag'lari bo'lmagan. Hattoki hadis yozish uchun qog'oz topilmagan. Onalari bilan o'zlari hukumat binosiga borib, keraksiz deb tashlangan qog'ozlarni olib, bo'sh joylariga hadislarni yozar edilar. Qarang, ey muslimalar.. Farzandining ilm olishi uchun mablag'i yetarli emas, ammo taslim bo'lmayapti. Moddiy imkonsizligini bahona qilmayapti. Bizchi, biz?... Qog'ozimiz bor.. Hattoki eng so'nggi rusmdagi telefonlarimiz ham bor. Ammo dardimiz ilm emas, ummatga foydasi tegish emas, faqat va faqat "o'zim" bo'lish bo'lib qoldi... Modadan orqada qolib ketmay... Trenddan orqada qolib ketmay... Yangi telefon chiqibdi... Hammada bor... Ko'pchilikning "dardi" shu bo'lib qoldi... Ilm olish uchun hamma sharoitlarimiz bor... Ammo, nafsimiz bunga to'siq qo'ygan... Aytingchi qachongacha nafsimizga qullikda davom etaveramiz?!... Ummatim degan Zotning ummati bo'lishga loyiq bo'lyabmizmi?... Biroz vaqt ajratib kitob titkilab ilm olsak oʻzimizni aql-farosatimiz ishlaydi." Manbaa: taqwatiy Insonlar kitob o'qir ekan dunyo qarashi kengayadi, fikrlashi o'sadi va shu bilan birga ilmi yuksalishi orqali o'zini, oilasini va jamiyatini ham yuksaltiradi. Davlatimizda kitobxonlik tanlovlarini ko'paytirgan holda, yoshlarimizni kitob o'qishga chorlar ekanmiz, buning albatta foydasi bo'lsa bo'ladiki zarari deyarli yo'q. Davlatimizga kitobxonlikni rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni bera olaman: 1. Kutubxona biznesini biznes g'oyalar yo'nalishiga qo'shish va uni targ'ib qilish. Ta'lim sohasida har xil biznes turlari bor, misol uchun: xususiy universitetlar ochish, o'quv markazlar ochish, o'quv-qurollari do'konlari faoliyatini yo'lga qo'yish va shu kabilar. Kutubxona do'koni ochish va uni faoliyatini yo'lga qo'yish orqali ham bu targ'ibotga katta hissamizni qo'shishimiz mumkin. 2. Bellashuvlar va tanlovlar sonini yanada ko'paytirish. "Yosh kitobxon" loyihasiga ko'z tegmasin, yo'lga qo'yilganidan so'ng ancha yoshlarimiz kitobxon ekanligi ko'zga ko'rindi, shu kabi loyihalar bellashuvlar va tanlovlarni yanada kengroq qamrovda rivojlantirish va ko'paytirish kerak. Misol uchun 1 yilda 1marta emas har faslda 1 martadan tashkil qilish kerak. Shunda 1 yilda 4marta tashkil qilingani hisobidan ham qatnashuvchilar soni ortsa ortadiki kamayishi ehtimoli kam. 3. Munosib rag'batlarni yo'lga qo'yish va baholash mezonini davlat tomonidan yo'lga qo'yish. Yutgan insonga 1ta spark emas kerak bo'lsa undan 10barobar ko'p qiymatdagi sovg'alar, chet elga sayohat yoki shunga o'xshash ham ma'naviy ham moliyaviy tomonlama ra'gbatlantirish yo'llarini ko'rish kerak, bo'lmasa bu jamiyatning yosh-u qarisi "jesco" sharbatlarini tinmay sotib olib, qachon shu omadim kelar ekan deb kutib yuraveradi. Keling undan ko'ra shu har-xil ichimlik va yemaydiga mahsulotlariga sarflaydigan pullarini o'zlariga va farzandlariga kitob sotib olish uchun sarflasin, shularni o'qisin va o'z mehnati evaziga yutuqlarga ega bo'lsin. Bu holat shu turishda davom etar ekan, kitobxon loyihasida shuncha mehnat qilib kitob sotib olib, uni o'qib, shuncha vaqt sarflab(yana 1-o'rinni olish ehtimoli deyarli 5-10% bo'lib turgandan ko'ra, kuniga 2ta sok olamanda jo'natib yuraveraman, chiqib qolsam JEK POT eng kamida damaschani yutib olib kelaveraman, nima kerak jonimni qiynab, deb fikr yurituvchi jamiyatni shakllantirib qo'yishimiz mumkin afsuski. 4. Nafaqat o'zbek adabiyotidan chet el adabiyotidan ham, din arboblari dan ham manfaatli ilm olish mumkinligini ommaga tushuntirish kerak. Ilm har tomonlama olinsa go'zal Pastda bir fayl qoldiraman, biz hozir ham shu kabi olim kitobxonlarga muhtojmiz, ayni jamiyatimiz muhtoj bu kami ilm arboblariga !
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.