Navoiyni anglash. Navoiyxonlik
Assalomu alaykum. Davlat rahbarimiz joriy 2024-yil 31-Oktabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida 2025-yilni Navoiy Viloyati uchun Alisher Navoiy yili deb eʼlon qilish taklifini berdilar. Men navoiylik yosh sifatida ushbu taklifdan faxrlanib, ham ilhomlanib 2025-yilda Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ijodlarini chuqurroq oʻrganish, va anglash uchun Alisher Navoiy asarlaridan Zakovat intelektual oʻyini oʻtkazishni, Ushbu tanlovni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish uchun Mahalla, Shahar-tuman, Viloyat va Respublika bosqichi tashkil etilishini. Respublika bosqichi Navoiy viloyatida boʻlib oʻtishini taklifini bermoqchi edim. Ushbu loyihaga yoshlarni keng jalb qilish uchun Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan qaror chiqarilsa nur ustiga alo nur boʻlar edi. Taklifim shundan iborat. Navoiy viloyat Gʻozgʻon shahar Tumar MFY yoshlar yetakchisi Ibrohimov Zuhriddin