Orolbo‘yi mintaqasiga sayohat qilganlarga keshbek taqdim etib ekoturizmni rivojlantiri
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va turizmni rag‘batlantirish maqsadida, sayohatchilarga keshbek qaytarish tizimi orqali qo‘shimcha motivatsiya berish. Orolbo‘yi hududidagi sayohatlarni amalga oshirgan turistlarga harajatlarining ma’lum bir qismini keshbek sifatida qaytarish (masalan, 10-30%). Xalqaro va mahalliy turistlar uchun farqlangan keshbek Mahalliy turistlar uchun 10-20% keshbek. Xalqaro turistlar uchun 20-30% gacha keshbek, bu hududga ko‘proq xorijiy sayohatchilarni jalb qiladi. Keshbekni turistik mavsumlarga moslashtirish Orolbo‘yi mintaqasiga qishki yoki mavsumdan tashqari vaqtlarda sayohat qilganlarga keshbek foizini oshirish. Mavsumiy aksiyalar orqali ko‘proq sayohatchilarni jalb qilish. Bundan tashqari Ekoturizmni rivojlantirish: Turistlarni Orol dengizi fojiasi va ekologik muammolar haqida xabardor qilish orqali global e’tiborni ekologik muammolarga qaratish. Atrof-muhitni tiklashga mablag‘ jalb qilish: Turizm orqali keladigan daromadlar ekologik tiklanish loyihalariga yo‘naltirilishi mumkin (masalan, o‘rmonlashtirish va yashil zonalarni kengaytirish).