Davlat va xususiy tashkilot ayollari o'rtasida ham "Besh tashabbus" ni amalga qo'yish
Assalomu alaykum hurmatli Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi ma'muriyati! Men davlat tashkiloti xodimasiman. "Besh tashabbus " yo'lga qo'yilganidan judayam mamnunman va bu o'zini oqlagan va barcha yoshlarni birlashtira olgan loyiha bo'lganiga barchaninig ishonchi komil. Afsuski bu tadbir tashkilot xotin- qizlari o'rtasida bo'lsa, yana ham ko'proq tashabbuskorlik bo'ladi degan umidda qilmoqchiman. Barcha vazirlik o'zining tizim tashkilotlari alohida ishdan bo'sh kunlari ya'ni shanba, yakshanba kunlariga mo'ljallangan grafik asosida avval tashkilot o'rtasida so'ngra tuman, viloyat va Respublika bosqichida ushbu tashabbusni ilgari surish tarafdoriman. Masalan, yugurish, voleybol, shaxmat, suzish va boshqa havaskor sport turlari bo'yicha o'tkazilishini taklif qilaman. Bu ayollar o'rtasida sog'lom turmush tarzi, sport madaniyati va ishchanlik faoliyatini yanada oshiradi. Taklif qabuli uchun oldindan rahmat...
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!