"Ustoz-AI" ilovasida tangalarni hadya qilish funksiyasi
Ustoz-AI ilovasida hozircha fanlar 60 taga chiqmagan. Shu sababli ilovadan foydalanadigan Yoshlar do'kondan narsa sotib olishda belgilangan tangalarni yig'ishlari qiyin kechadi. Natijada do'kon funksiyasining foydalanuvchilarni doim harakatda bo'lishlariga ta'siri bo'lmay qoladi. Kam tanga yiqqan foydalanuvchilarning tangalari esa ishlatilmay qolib ketadi. Mana shu muammolarni hal qilish maqsadida istalgan bir foydalanuvchi boshqa foydalanuvchiga tangani shunchaki hadya qila olsin. Albatta, shunda har bir foydalanuvchi o'zi mehnat qilib to'plagan tangalarning qadrini his qiladi va uni istalgan do'stiga yoki foydalanuvchiga yordam sifatida bera oladi. Bu orqali o'zaro hamjihatlik va bir-biriga yordam berish shakllanadi. Ilova ichida ana shunday qadriyatlarni ko'paytirish uchun yanada mukammallashtirish haqida bosh qotirish lozim.