yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

ILIMPARVAR fondini tashkil qilish

Muallif: Bobur Hakimov
Holati: Tasdiqlandi
Yosh Ilmiy tadqiqotchilarga o'z asarlarini nashr qila olishlari uchun maxsus fond tuzish va grandlar e'lon qilishimiz kerak. Bugun ko'plab magistrlik, doktorlik ishlari, ilmiy risolalar arxivda chang bosib, foydalanmasdan yotibdi. Aslida ularning vazifasi vatanimizdaki ilm rivojiga hissa qo'shish bo'lishiga qaramay o'z vazifasini bajarmayapti. Bugun O'zbekistonda ilmiy adabiyotlarning kamligiga sabab, ularninng butkul yo'qligi emas, balki mavjud ilmiy asarlarning nashr qilinishi uchun yosh olimlar va hattto katta yoshdagi olimlar uchun yetarli darajada mablag'ning bo'lmasligi deb o'ylayman. Mavjud ilmiy kitoblarning aksariyati tarjima kitoblar. Shu muammoni yechimi tariqasida yoshlar ishlari agentligi tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yosh ilmiy tadqiqotchilarning asarlarini nashr qila olishlari uchun grandlar e'lon qilishi kerak deb o'ylayman. Bu grandlar duch kelgan yosh tadqiqotchiga berilmaydi albatta. Oldin e'lon beriladi. Arizalar , takliflar qabul qilinadi. Maxsus tuzilgan ilmiy ha'at tomonidan nashr qilinish uchun nomzodlarning ilmiy ishlari ko'zdan kechiriladi va saralab olinadi. Ikkinchi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o'tqaziladi. Ilmiy ishining nega kitob shaklida nshr qilinishi muhim eknaligini taqdimotini qilib beradi. Shu tartibda respublika bo'yicha yilida eng kamida 50-100 ga yaqin ilmiy asarlar saralanib ma'lum bir miqdorda nashr qilinishi uchun mablag' ajratiladi. Yoki bo'lmasam davlat qaysidir nashryot bilan alohida shartnoma tuzib, ushbu nashr sarf xarajatlarni minimum darajada kamaytirib, farqli suiste'molliklar yo'l qo'yilishining oldini oladi. Shu tariqa vatanimizda ilmiy kitoblar ham nashr qilina boshlaydi. Mahalliy yosh olimlar tanila boshlaydi. Ilimning qadri oshadi. Ilmiy asarlarning o'quvchilari ham ko'payadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.