Besh tashabbus olimpiadasi o‘yinlari tarkibiga milliy o‘yinlarimizni kiritish
Kelasi yilgi mavsumdan besh tashabbus olimpiadasi o‘yinlari tarkibiga milliy o‘yinlarimiz kiritilsa yaxshi bo‘lardi. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an'ana va urf-odatlarini e'zozlash hissi yanada kuchayadi. Milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!