"Ekoquti" yoki "Ekotog'ora" loyihasi
Muallif:
Bobur Hakimov
Holati:
Tasdiqlandi
Ekotog'ora - suv tanqis , cho'llashish yuqori darajada bo'lgan hududlarda o'simliklar yetishtirish, ularning suv ehtiyojini muntazam ravishda taminlay olish uchun Turkiyada rivojlantirilgan, sinovlardan o'tqazilgan startup loyihasidir. Unumli tuproqlarda ham foydalanihs mumkin.
Ekotog'ora- asosan o'simlikka muntazam ravishda suv taminlab berishni maqsad qilgan yordamchi jihozdir. U o'rmonlarda o'zi mustaqil yetishadigan o'simliklar tabiat atmosferasini sun'iy shakllantirib bergani bois ekoquti(ekobox) yoki ekotog'ora deb ataladi. Bu jihoz tuproq ostidagi mikro teshiklardagi suvdan foydalanib, o'simliklarni o'zlarini o'zlari suvga bo'lgan ehtiyojini qondirishga o'rgatadigan o'simliklarni qo'llab-quvvatlovchi moslamadir. Dastlabki o'rnatish vaqtida Ekoboxga 16 litr suv quyilishi bilan o'rmonlardaki kabi suv aylanish sikli boshlatiladi. U o'zini o'zi kechayu kunduz quti kamerasi ichidagi va tashqarisidagi harorat farqlaridan kelib chiqqan kondensatsiya orqali suv bilan ta'minlaydi. Iqlimi va geografiya shartlariga qarab kuniga oʻrtacha 18 dan 250 kubometrgacha suv ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, u maxsus yasalish shakli(tarnovlari orqali quti kamerasiga suv kelib tushadi) tufayli har xil yog'ingarchilikdan hosil bo'lgan suvni yig'ish orqali o'zini doimiy ravishda suv bilan taminlaydi. Ekotog'orani ekish vaqti bir marta suv bilan to'ldirilgandan so'ng, unga boshqa suv kerak bo'lmaydi. O'ta chekka hududlarda va cho'l iqlimi sharoitida faqat birinchi yilda uni ikki marta to'ldirish kerak bo'lishi mumkin. Ekotog'ora o'zining hajmi nuqtayi nazaridan tuproq yuzasini qoplaydi, quyosh nuri ta'sirida tuproqdaki namliknin bug'lanishni oldini oladi va o'simlik atrofida rivojlanishi mumkin bo'lgan raqobatbardosh o'simliklarning o'sishini oldini oladi. EKorqutining ostidaki kapilyar tayoqcha Tuproq yetarli darajada namlikka yetganda, suv oqimini kamaytiradi yoki butunlay to'xtatadi; Tuproq quriydi va gigroskopik bo'lganda, ya'ni quriganda, tayoqdan suv oqimi kuchayadi. Ekotog'ora bilan o'simlik ildiz bo'yni qurib ketmaydi, ko'p sug'orishdan kelib chiqadigan o'simlik ildizlariga havo va ozuqa moddalarini o'tkazmaslik, ildiz hosil qilmaslik tufayli dangasa bo'lish, o'simlik ildizlarining chirishi va tuproq sho'rlanishining oshishi kabi ko'plab muammolarni bartaraf etadi. U o'simlik ildizlari atrofidagi tuproqni muntazam ravishda salqin tutib, kapillyar kanallarning uzluksizligini ta'minlaydi. Ekotog'ora tomonidan taqdim etilgan ushbu shartlar kapillyar zichlikni (tuproqdagi mikro teshiklardagi suv) tuproq ostida oshirish va to'plash imkonini beradi.
Ushbu tog'oraning o'ziga xos ba'zi xususiyatlari quyidagilar:
1)Quruqlikda suv quduqlarini ochish uchun burg'ulash yoki suv resurslarini talab qilmaydi. toza suv resurslarimizni himoya qiladi va tejab qoladi;
2)Yerlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘lanmaydi. Bu energiyani tejaydi.
3)Bu tomchilatib yoki suv bilan sug'orish kanllarini talab qilmaydi.
4)Sug'orish tizimlari monitoringni talab qilmaydi.
5)Haddan tashqari issiq yoki sovuq sharoitda Ekotog'ora o'simlikni o'z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda suniy iqlimi orqali himoya qiladi.
6)Ekotog'ora bilan o'stirgan ko'chatlarni oziqlantirish kerak bo'lmaydi. Ko'chatlar yer ostida ovqatlanishni o'rganadilar.
7)Haddan tashqari sug'orish natijasida yuzaga keladigan tuproq sho'rlanishining oldini oladi.
8)Toshloq, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil foydalanilmayotgan yerlarni o‘zlashtiradi. Bu yerlarni foydalanishga yaroqli qiladi. Ekotog'ora barcha turdagi yerlarda ishlatilishi mumkin.
9)Ekotog'oraning kamerasiga faqat bir marotaba 16 litr suvdan boshqa suv quyish kerak emas.
10)Yerni chopqilashga ehtiyoj qolmaydi.
Ushbu start up Turkiyadaki YEŞİL DOĞA DERNEĞİ tomonidan shaklllantirlgan. Ular b'lan aloqa o'rnatib yurtimizda ham test tariqasida sinab ko'rilishi , agar muvaffaqiyatli bo'lsa uni ommalashtirishni taklif qilaman.
Batafsil va foydali ma'lumotlar uchun ba'zi havolalar:
https://youtu.be/GiTRbw3Lk4M
https://youtu.be/2w7bH0dEANM
https://youtu.be/09cMZbl8Vik
https://www.yesildoga.org.tr/ekofen-sistemi
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!