yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida faqatgina yoshlar faoliyat olib boruvchi yoshlar turistik zonasini tashkil etish.

Muallif: Otabek Sattorov
Holati: Tasdiqlandi
Taklifning dolzarbligi: Birinchidan, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida turistik xizmat ko'rsatish madaniyatining yetarli darajada shakllanmaganligi. Ikkinchidan, Arnasoy yoshlari orasida boshqa viloyatlarda norasmiy ishlash amaliyotining keng tarqalganligi. Yechimlar: 1-Tashqi va ichki investorlarni jalb qilgam holda "Yoshlar turizm zonasi loyihasini" shakllantirish. 2-Loyihalarga sohada tajribasi mavjud yoshlarni ishga qabul qilish. 3-Tashabbuskor yosh tadbirkorlar kichik loyihalarini ushbu platformaga joylashtirish. 4-Ishsiz yoshlarni qisqa va o'rta muddatli o'quv kurslarida turistik xizmat ko'rsatish sohasiga o'qitish. 5-"Yoshlar turizm zonasida" ustuvor ravishda yoshlarning faoliyat olib borishiga erishish. Bu bizga ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi yangi avlodni tarbiyalash va respublikamiz bo'ylab ushbu tajribani keng targ'ib qilish imkonini beradi. Yoshlar bandligi ularning o'z tumanida ta'minlanadi. Tuman iqtisodida sezilarli o'sish kuzatiladi. Agarda ushbu taklifga qiziqish bildirilsa chet ellik investorlarni jalb etish qiyinchilik tug'dirmaydi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.