5 tashabbus ixtirolar tanlovi
Assalomualekum. Men Kogon shahar Mahtumquli MFY yoshlar yetakchisi Izbosov Qobilbek bo'laman. Taklifim shuki kasblar tanlovi o'rniga turli kasb egalarini jalb qilgan holda yangi bir mexanizimlar, san'at asarlari , binolar modelini , avtomashinalar va shunga o'xshash loyihalarni yangicha uslubda yaratish. Masalan ko'p qavatli binolarni milliy ya'ni gumbaz yoki naqshkorlik datajasi yuqori bo'lgan modelini yaratish. Undan tashqari hozirda chet elda mavjud , lekin bizada yo'q bo'lgan mexanizmlarni yaratish . Bu loyihada oliy ta'lim va magistraturada o'qiyotgan yoshlarni jalb qilsak bo'ladi. Startaplarni qo'llash loyihasi orqali bu ixtirolar tanlovi g'oliblariga o'z ishlarini boshlash uchun mablag' ajratish. Bunda mablag'lar qaytishi uchun ochiladigan startap loyihalarda "Yoshlar ishlari agentligi" ni hamkor sifatida ro'yxatdan o'tkarish. bu loyiha nizomida 1- loyihani aniq chizmalar yoki o'lchamlar bilan qog'ozga tushurish 2 yaratish , ya'ni buni tayyor variantini hakamlarga taqdim qilish. 3. Taqdimot, qilish bunda ingliz va boshqa chet tillarida gapirish , video rolik, va boshqa narsalardan foydalanish.