yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

IT ENDI O'ZBEKCHA

Yo'nalish: Inklyuziv ta'lim
Muallif: Sodiqjon Muxammadjonov
Holati: Tasdiqlandi

Hozirgi kunda IT (AyTi) yo‘nalishlari nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda jadal rivojlanmoqda. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun IT ta'limi bilan shug‘ullanishda bir qator muammolar mavjud. Eng katta to‘siqlardan biri – IT yo‘nalishidagi ko‘p ma’lumotlar xorijiy tillarda yaratilgani va o‘zbek tilida qulay, hamma uchun tushunarli resurslarning yetishmasligidir. Shu sababli, men IT ta’limida imkoniyati cheklangan yoshlarni ham qamrab olish imkonini beruvchi IT+English+AI+O‘zbek mantiqiga asoslangan inklyuziv yondashuvni taklif qilaman. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan o‘quv resurslari yaratish: Masalan, ko‘zi ojizlar uchun ovozli o‘qitish modullari, eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun matnli tushuntirishlar va interfeyslarni ishlab chiqish. IT sohasidagi asosiy atamalarning o‘zbekcha talqinini tayyorlash va uni oson tushunarli shaklda yetkazish. Inklusiv IT platformalarini yaratish: Har bir shaxsning imkoniyatlarini hisobga oluvchi dasturlar, masalan, maxsus klaviatura yoki ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlar uchun kattalashtirilgan ekran interfeyslari. IT ta’limida sun’iy intellektni integratsiya qilish: Sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘qitish tizimini joriy qilish. Maxsus dasturlar orqali imkoniyati cheklangan yoshlarning ingliz tilini o‘rganish va IT ko‘nikmalarini rivojlantirishni osonlashtirish. O‘zbek tilida IT ta’lim resurslarini kengaytirish: IT atamalarini o‘zbek tilida mahalliylashtirish, masalan, Enter – "Tasdiq", Esc – "Chiqish", Ctrl – "Nazorat" kabi. Maxsus interaktiv darsliklar va dasturlarni yaratish, ular imkoniyati cheklangan yoshlarning ehtiyojlarini qondiradi. Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham IT sohasida rivojlanish imkonini beradi, ularga zamonaviy texnologiyalardan to‘liq foydalanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga yordam beradi. Shuningdek, bu yondashuv milliy ta’lim tizimida inklyuzivlikni yanada oshirib, yangi dasturlar va texnologiyalarni yaratishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Men bu mavzu yuzasidan qisqa izlanishim natijasini quyidagi faylda joyladim.

Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.