yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Kelajak kasblarini rivojlantirish.

Yo'nalish: E-commerce
Muallif: Dostonjon Shomurodov
Holati: Tasdiqlandi

Masofaviy IT kurslari – qishloq hududlaridagi yoshlarga sifatli IT ta’limini yetkazish uchun bepul masofaviy kurslarni ishlab chiqish. O‘quvchilarni sertifikatlash va bozor talablariga mos ish joylari bilan ta’minlash. IT ustaxonalar (workshop) – yoshlarni amaliy jihatdan o‘qitish uchun IT ustaxonalarini tashkil qilish. Bu yerda ular haqiqiy loyihalar ustida ishlash orqali tajriba orttiradilar. Yangi kasblarni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish maqsadida maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Masalan, data analitika, raqamli marketing, blockchain texnologiyasi, grafik dizayn, robototexnika va sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha. Kasb-hunar laboratoriyalari – qishloq va shahar hududlarida “uxlab yotgan iqtidorlarni” aniqlash uchun bepul treninglar o‘tkazish va ularni grafik dizayn, arxitektura, tibbiy texnika yoki ekologiya sohalarida ishga tayyorlash. Mobilografiya kurslari (Video va foto tasvirga olish) • Taklif: Mobilografiya sohasiga qiziqadigan yoshlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish. Bu kurslarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi: • Professional darajada smartfon orqali video va foto suratga olish. • Tasvirni tahrirlash bo‘yicha dasturlar (masalan, CapCut, Adobe Premiere Rush, Lightroom) bilan ishlash. • Kontent yaratishda ijodiy yondashuv va trendlarni kuzatish. • Raqamli platformalar uchun kontentni optimallashtirish (YouTube, TikTok, Instagram). • Amaliyot: Har bir ishtirokchi kurs yakunida o‘zining kichik loyihasini yaratadi va sertifikat bilan taqdirlanadi. Grafik dizayn va tashqi reklama dizayni bo‘yicha kurslar • Taklif: Dizaynerlikka qiziqadigan yoshlar uchun grafik dizayn kurslarini yo‘lga qo‘yish. Kurs mazmuniga quyidagilar kiradi: • Adobe Photoshop, Illustrator, CorelDRAW dasturlari bilan ishlashni o‘rgatish. • Logotip va brending dizaynini yaratish bo‘yicha tajriba almashish. • Tashqi reklama, banner, vizit karta va boshqa grafik ishlanmalarni tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. • Freelanser sifatida ishlash va mijozlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish. • Qo‘shimcha: Yoshlarni haqiqiy loyihalarda ishtirok etish uchun reklama agentliklari bilan hamkorlikda amaliyotga jalb qilish. Dasturlash (Programistlik) kurslari • Taklif: IT va dasturlashga qiziqadigan yoshlar uchun bosqichli kurslar tashkil etish. Boshlang‘ichdan professional darajagacha bo‘lgan kurslarda quyidagi yo‘nalishlar o‘rgatiladi: • Frontend (HTML, CSS, JavaScript) va Backend (Python, PHP, Node.js) dasturlash tillari. • Mobil ilovalar yaratish (Flutter, React Native). • Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va avtomatlashtirish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar. • IT sohasida startap loyihalar yaratish va bozorga chiqarish. • Amaliy dastur: Har bir o‘quvchi kurs davomida bir nechta loyiha yaratadi va ularni portfolioga joylashtiradi. Zamonaviy media va marketing kurslari • Taklif: Kontent yaratuvchilar va raqamli marketing bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun kurslar tashkil etish: • SMM (Social Media Marketing) asoslari va tahlil vositalarini o‘rgatish. • Kontent strategiyasi va reklama kampaniyalarini boshqarish. • SEO (qidiruv tizimlari optimallashtirish) va blog yuritish bo‘yicha tajribalar. • TikTok, Instagram va YouTube uchun brend yaratish va rivojlantirish. Animatsiya va 3D dizayn kurslari • Taklif: Animator va 3D dizayner bo‘lishni istagan yoshlar uchun kurslarni tashkil etish: • Blender, Maya, After Effects kabi dasturlarda ishlashni o‘rgatish. • Harakatli grafikalar, 3D modellash va animatsiya yaratish. • O‘yin dizayni va virtual reallik texnologiyalari bo‘yicha asosiy bilimlarni berish. Frilanserlik bo‘yicha treninglar • Taklif: Yoshlarni zamonaviy frilanserlik platformalarida (Upwork, Fiverr) muvaffaqiyatli ishlash uchun tayyorlash: • Portfolio yaratish va mijozlar bilan muloqot qilish. • O‘z xizmatlarini taqdim etish va narxlashni o‘rgatish. • Frilanser sifatida vaqtni boshqarish va uzoq muddatli mijozlar bilan ishlash sirlarini o‘rgatish.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.