Tez parchalanadigan qadoqlashga o‘tish.
Plastik qadoqlashning asosiy muammosi uning uzoq vaqt davomida tabiiy muhitda degradatsiya bo‘lmasligi, bu esa atrof-muhitga zarar yetkazadi. Taklifimni bildirishdan oldin ayrim statistikalarga yuzlansak: - Polietilen plyonkalar oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda keng qo‘llaniladi, o‘rtacha 100 yilgacha chiriydi. - Plastik butilkalar asosan ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda qo‘llaniladi, tabiiy sharoitda taxminan 450 yilgacha chiriydi. Taklifim: Plastik qadoqlashdan voz kechib, atrof-muhitga zararli bo‘lmagan, qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan qog‘oz va karton qadoqlash materiallariga o‘tish. Ushbu loyiha, ekologik muammolarni kamaytirish, resurslarni tejash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi. O’zbekiston sharoitida Qog‘oz va karton hamda Shishali qadoqlash loyihalarini qo’llab quvvatlash orqali bunga qisman barham berishimiz mumkin. 1.Qog‘oz va karton: Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni qadoqlashda qog‘oz va karton materiallari ko‘plab rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilmoqda. Qog‘oz tabiiy ravishda tezda degradatsiya bo‘ladi va ekologik jihatdan plastiklardan ko‘ra yaxshiroq variant hisoblanadi. 2. Shisha: Shisha, uzoq muddatli foydalanish uchun mos bo‘lishi bilan birga, qayta ishlashni osonlashtiradi va plastikdan ko‘ra ko‘proq qayta ishlanadi. Bunga qanday erishishimiz mumkin: Qog‘oz va karton materiallarining ishlab chiqarish narxi plastik materiallarga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, uni kamaytirish uchun mavjud plastik qadoqlash ishlab chiqaruvchilarini qog‘oz va karton materiallarga o‘tkazish uchun subsidiyalar va soliq imtiyozlarini taqdim etish kerak. Jumaladan sotuv rastalarida Yangi qadoqlash tizimlariga qo‘llab-quvvatlash, plastikdan voz kechishni rag‘batlantiruvchi qonunchilik va soliq imtiyozlarini ishlab chiqish kerak.