'E-huquq" "Huquqingni bil, kelajagingni qur!"
Loyiham yoshlarning huquqlarini himoya qilishda innovatsion va to’g’ri yechim bo‘lib, ular uchun xavfsiz va qulay jamiyatni rivojlantirishga ko‘mak beradi.
O‘z huquqlarini to’laqonli bilishida, ularni faol himoya qila olishida, huquqbuzarliklarga qarshi kurashda faol ishtirok eta olishida,ijtimoiy adolat va huquqiy savodxonligining oshishida,chekka hududlarda huquqiy yordam olish qamrovi kengayishida muhim rol o’ynaydi.
“E-huquq” loyiha mobil ilova shaklida bo’lib,undan yoshlar mehnat huquqi, ta’lim huquqi, mulk huquqi va boshqalar bo‘yicha onlayn darslarda ishtirok etishi, huquqiy ma’lumotlarni turli infografikalar orqali o’zlashtirib,mavzu yuzasidan turli viktorinalarda qatnashishi mumkin bo’ladi,platformada yoshlar ballar jamg’arib turli startap g’oyalar uchun grantlar yutib olishi mumkin.Ilovaning qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali shoshilinch vaziyatlarda zo‘ravonlik,mehnat suiste’moli yoki boshqa huquqiy muammolar yuzasidan tezkor ma’lumot olishlari mumkin.
"Zo‘ravonlikka qarshi signal"funksiyasi ilovaning pastki o’rta qismiga o’rnatiladi,geolokatsiya avtomatik ravishda sizning qayerda ekanligingizni ko’rsatgan holda,yaqin bo’lgan profilaktika xodimlarini zo‘ravonlik yoki huquqbuzarlik holatlarida favqulodda yordamga chaqirish imkoniyatini yaratadi,bu esa yoshlar orasida shu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda yordam beradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!