Yosh pedagog
Hozirgi kunda xalqaro darajadagi pedagoglarga talab tobora ortib bormoqda . Dunyo tajribasini o'rganish , zamonaviy bilimlarni egallash imkonini beruvchi ‘‘ Yosh pedagog ‘‘ loyihasi. Bu dastur oylik o‘quv kursidan iborat bo‘lib har bir pedagoglar o‘z sohalarida kelib chiqib qabul qilinadi. Top Universitetlar bilan hamkorlikda oflayn va onlayn tashkil etiladi. O‘z sohasidagi xalqaro tajribadagi mutaxassislardan va mamlakatimizdagi tajribali mutaxassislardan ham nazariy ham amaliy bilim tajriba o'rganishadi, ilmiy ishlar bilan ham shug‘illanadilar . Ishtirokchilarga maxsus vazifalar beriladi . 3ta tilda olib boriladi. Dastur so'ngida maxsus imtihonlardan o‘tgan ishtirokchilar xalqaro sertifikatga ega bo‘lishadi. Bu dastur respublika miqyosida va har bir OTM o‘z ta'lim dargohida tashkil etishi mumkin. Ko'zlangan maqsad yoshlarimiz orasida ‘‘ xalqaro tajribali pedagoglarni ‘‘ ko'paytirishga qaratilgan . Dastur doirasida ko‘p yutuqlarga erishish mumkin.