yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Oliy ta'lim muassasalari hududlarida kreativ Veloturargohlarni tashkil etish va shu orqali ekologik transportlarni rag'batlantirish.

Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Oliy ta'lim muassasalari o'zlarining byudjet mablag'larini hisobga olgan holda o'z hududlarida Veloturargohlar tashkil etishi tavsiyaviy etib belgilanishi kerak. Ekologiyaga hissa qo'shishdan va kreativ Veloturargohlar tashkil etishdan bosh tortmaydigan zamonaviy Oliy ta'lim muassasalari shu bilan ham saralanishiga erishiladi. Universitetga kelgan talaba xohlasa jamoat transportini tanlashi va istasa o'z shaxsiy velosipedida kelishi tanlov imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bahonada ekologik sof transportlarga bo'lgan talab va ular ehtiyoj sezadigan yo'llar masalalariga e'tibor qaratiladi. Har bir Oliy ta'lim muassasasi o'zining Veloturargohiga shior, ramz, turli ogohlantiruvchi belgilarni qo'yish huquqini o'zida saqlab qoladi. Shahar infratuzilmasiga ham sog'lom turmush tarziga chorlovchi transportlarning turargohlari yarashadi. Ekologiya uchun har bir talaba o'zini hissador his etishiga imkoniyat paydo bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.