yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"YOSHLAR BOZORI" Savdo kodeksining ochish

Muallif: Azizjon Qaxorov
Holati: Tasdiqlandi

Yoshlar tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni bandligini ta'minlash maqsadida kerakli ma‘sul vazirliklar, hokimlik, davlat, nodavlat tashkilotlar hamkorligida Yoshlar uchun maxsus belgilangan ular uchun ajratilgan savdo bozorlarida, shaxobchalari tashkil etish va ochish Bunda faqatgina 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga keng ko‘lamli, soliqlardan imtiyozlar va turli xildagi keng sharoitlar yaratgan holda, ularga milliy hunarmandchilik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, oziq-ovqat mahsulotlari, qolaversa kiyim-kechaklar sotishlari uchun savdo komplekslari, savdo rastalari ma‘lum bir maydon ajratilib qurib berilsa. Bunda faqatgina yoshlar o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar, hunarmandchilik asarlarini, poliz, sabzavot, v.h.k. o‘zlari qo‘l mehnati bilan tikkan liboslarni o‘zlari erkin narxlarda savdoga chiqarsa, bu bozorda keng bayramona yoshlar mehnat yarmarkalari o‘tkazilsa ajoyib natija bo‘lar edi. Bunday "YOSHLAR BOZOR" lari Respublikaning barcha tumanlarida tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilib, e'lonlar berilsa menimcha yoshlar tabirkorligi uchun ancha samarali qadamlardan biri bo‘lar edi. P.S. Sinov tariqasida bir tuammani tanlab o'sha joyda shu bozor qurilib, o‘z effektini beradigan taqdirda, keyinchalik Respublikamizdagi 208 ta tuman shaharlarga joriy qilish kerak!

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.