Tuman hokimyati boshchiligida mahallalarda xotin-qizlarga psixologik xizmat tashkil etish
Taklif mazmuni shundan iboratki, bugungi kunda xotin -qizlarimizni oilaviy zo'ravonliklar va turli stress va muammoli vaziyatlardan olib chiqish va oilaviy kelishmovchiliklar bo'lsa ularga psixologik-konsultativ yordam berish maqsadida psixologik xizmat tashkil etish yaxshi samara beradi . Bu avvalo tuman hokimyatlarida bosh bo'g'in asosida faoliyat boshlaydi va u tajribali psixolog-trenerlarni saralab tuman va shahardagi mahallalarga ish faoliyati doirasida taqsimlaydi. Ushbu taklifdan ko'zlanayotgan natijalar quyidagilar; 1) xotin-qizlar psixologik holatini yaxshilash 2) Oilada sog'lom psixologik muhit yaratishda yordam berish 3)Ajrashish arafasida bo'lgan oilalar bilan konsultativ ishlar olib borish 4) Oilaviy munosabatlar ya'ni ota-ona va farzand, er-xotin munosabatlarini yaxshilash