yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Ayol-qizlarni doimiy, foydali ta'lim olishlari uchun qo'shimcha loyiha, o'quv dasturlari yaratish.

Muallif: Dilhayo Qambarova
Holati: Tasdiqlandi

Bilamizki, kelajak avlodning kutganimizdek har jabhada ilg'or bo'lishida, ayol-qizlarimizning o'rni qisman ko'proq. Shunday ekan, ularni o'qishi, har sohada kerakli bilimlar olishiga e'tiborni kuchaytirish lozim. O'zimiz guvohi bo'lganimizdek, ko'plab yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlar, shou-biznes yangiliklaridan o'z maqsadlariga vaqt ajratishmayapti. Rejalashtirgan ishlar ro'yhati ham kechiktirib yoki bekor ailinadi. Yoshlarni, asosan qizlarni oliy ta'lim muassasalarida o'qish mobaynida rivojlantiradigan loyihalar yetarlicha, ularni yanada boyitib, rivojlantirishni xohlardim. Qizlarimizga kelajakda kerak bo'ladigan bilimlar, mahorat jamlangan amaliy loyihalarni ko'paytirib, alohida e'tibor qaratilsa, guruhlar tashkil etilib, ularni bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli o'tkazibgina qolmay, asosiy hayot tarziga qo'shishni maqsad qilish kerak. Majburiy-ixtiyoriy treninglar, o'quv kurslari, suxbatlar o'tkazish katta foyda beradi. Hech bo'lmaganda bugun o'quv muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarimizni o'zlarini isloh qilishda yo'nalish berilsa, bu rivojlanish yoshlarimiz orasida yoyiladi degan umiddaman.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.