Talabalarning amaliy tajribasini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlarda amaliyot dasturlarini yo'lga qo'yish.
Muallif:
Madinabonu Shavkatjonova
Holati:
Tasdiqlandi
Ma'lumki, O'zbekiston hududida mavjud Oliy ta'lim muassasalarining ko'pchiligi talabalarda nazariy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish bilan cheklangan. Mahalliy universitetlar qator xorijiy universitetlar bilan almashinuv dasturlarini ( exchange programs) yo'lga qo'ygan bo'lsa ham, almashinuv dasturlar asosan nazariyaga asoslangan va ta'lim olish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Mening taklifim esa, xuddi shunday (exchange) almashinuv dasturlari kabi "xorijda amaliyot" (foreign internship) dasturini yo'lga qo'yish. Xorijda amaliyot qilishdan ko'zlangan maqsad nazariyada olingan bilimni amaliyotda qo'llash va bizdan ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish. Jumladan, yangi rivojlanayotgan sohalar, sun'iy intellekt xorijiy mamlakatlarda qay tartibda nazoratga olinmoqda (mualliflik huquqi masalasi)? kiberjinoyatlarni fosh etishda ilg'or mamlakatlar qanday usullardan foydalanmoqda? ( huquqshunos talabalarni ) xuddi shu zamonaviy muammolarga eng zo'r yechim topayotgan davlatlarga, xususiy kompaniyalarga amaliyotga yuborish. Arxitektura, tibbiyot, moliya, investorlik faoliyati va turli sohalarda texnologiya va boshqa intensiv usullar orqali kompaniyalar qay tarzda samarali natija ko'rsatishini ko'rish, tajribada o'rganish uchun ilg'or mamlakatlarga talabalarni qisqa muddatli amaliyot dasturiga yuborish.
Izoxlar (4)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!