yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Oliy taʼlim muassasalarini xususiylashtirish

Muallif: Shukrullo Kaytmasov
Holati: Tasdiqlandi
Hozirda shiddat bilan rivojlanayotgan fan va texnologiyalar davrida yashayapmiz. Hech kimga sir emas koʻpgina Oliy taʼlim muassasalari zamonaviy kadrlarni yetishtirib bera olmayapti. Ba'zi Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasi, laboratoriya jihozlari ma'naviy eskirganligicha qolmoqda. Ishlab chiqarish, korxona, tashkilotlar zamonaviylashib, taʼlim jarayonidan ilgarlab ketmoqda. Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish maqsadida Davlat Oliy taʼlim muassasalarini Xususiy sektorga bosqichma-bosqich berishni taklif qilaman. Davlat Oliy taʼlim muassasalarini xususiylashtirish orqali sogʻlom raqobatga erishish, har bir taʼlim muassasalarini yangiliklar yaratishga, oʻzini rivojlantirishga, zamonaviy kadrlarni tayyorlashga erishish mumkin. Oliy taʼlim muassasalari zamonaviy qarashlarga ega, kreativ fikrlaydigan, davlatimizni iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadigan kadrlarni yetishtiri kerak deb hisoblayman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.