yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Oliy ta'limda innovatsiya

Muallif: Ruhshona Saidmurodova
Holati: Tasdiqlandi

1. Oliy ta'limda o'qiyotgan aksariyat yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Ibrat akademiyasi, UstozAI, qizlar akademiyasi kabi bepul platformalarni ko'paytirish, faol bitiruvchilarni online ish bilan ta'minlash. 2. Yoshlar o'rtasida "Tilga e‘tibor || ommaviy (muqobili mavjud bo'lmagan) chet so'zlardan voz kechish" tadbir-choralarini hayotga tadbiq etish. 3. Universitetni kamida bitta tilni puxta o'rganmasdan bitirmaslikka undov 4. Iqtidorli va shu bilan bir qatorda ilm darajasi yuqori yoshlar bo‘sh vaqtida (pedagogik mahoratini oshirish maqsadida) o‘z yashash hududlaridagi yosh bolalar - asosan 5-8-sinf o‘quvchilariga mashg'ulot o‘tishlari uchun mahalla fuqarolar yig'ini raislari bilan kelishuvlar qilish, takliflar berish. 5. Iqtidorli, ammo o'zida mavjud imkoniyatlardan to'laqonli foydalana olmayotgan yoshlarga mas'ulllar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi tanlovlar haqida batafsil ma'lumotlar berish va ijrosini ta'minlash uchun ko'maklashish siyosatini yo'lga qo'yish 6. Mediadan noto'g'ri maqsadda yoki bemaqsad foydalanishning oldini olish uchun qator ustuvor yo'nalishlari ishlab chiqish Va ushbu anketaga o'xshash so'rovnomalarni ko'paytirish va yoshlar bilan hozirgidek hamjamiyat bo'lib ishlash. Alisher Sa'dullayev va uning jamoalariga yuksak ehtirom va tashakkurlarim. Yoshlar sizga ishonadi, Yoshlar o‘ziga ishonishadi, Yoshlar O‘zbekistonning kutayotgan ertasi bo'lishlariga ishonishadi! Yana bir bor rahmat!

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.