Maktablarda sport klublarini tuzish
Ushbu taklifdan maqsad, sportning ma'lum sohasiga qiziqishi bo'lgan yoki ma'lum sport turida talanti bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashdir. Taklif quyidagicha amalga oshiriladi: - Har bir maktabdagi yuqori (9, 10 va 11) sinflardan ma'lum sport turlari uchun maxsus terma jamoa tuziladi. Misol uchun Volleybol, Futbol va Basketbol bo'yicha alohida jamoalar tuziladi. Jamoalar boshqa maktablararo bellashishadi. Bellashuv o'yinlari bosqichlarga bo'linadi: 1-bosqich: Hudud bosqichi (jamoalar o'z hududlaridagi maktablar bilan bellashadilar); 2-bosqich: Tuman bosqichi (jamoalar hudud bosqichida g'alaba qozongan boshqa hududdagi jamoalar bilan bellashadilar); 3-bosqich: Viloyat bosqichi (jamoalar tuman bosqichida g'alaba qozongan boshqa tumandagi jamoalar bilan bellashadilar); Bu bosqichga kelib ligalardagi kabi tur o'yinlari tashkil qilinadi va ma'lum miqdorda davom etadigan tur o'yinlaridan so'ng eng ko'p ball to'plagan jamoa g'alaba qozonadi. G'alaba qozongan jamoa vakillari kelajakda rasmiy sport akademiyalari(mis. - Voleybol ligasida yutganlar voleybol akademiyasi)da o'qishlari mumkin bo'ladi.