Fuqaro faolligi reytingi
Muallif:
Sardorbek Hamroyev
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi kunga kelib yoshlarimizga subsidiya va ijtimoiy yordamlar turli koʻrinishda amalga oshirilmoqda. Ammo ayrim hollarda fuqarolarning bu imtiyozlarga javobi mavhumligicha qolmoqda. Ular davlat oldidagi oʻz burchlarini qaysidir maʼnoda unutib qoʻymoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida "Fuqaro faolligi reytingi"ni yuritishni tavsiya qilaman.
Bu nima degani?
Bu – qaysidir fuqaro davlatdn ijtimoiy yordam olish uchun(kontrak, SCHR toʻlovi, haydovchilik guvohnomasi uchun oʻqish xarajatlarini qoplash pullari, asbon uskunalar uchun subsidiya va h.k.) avval oʻzini yurtning ertasi uchun qaygʻuradigan, jamiyatning bir boʻlagi ekanligini isbotlovchi ballarni toʻplashi kerak. Bu uchun u volontyorlar safida boʻlib jamiyatimiz obidligi va ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshgan/qoʻshayotgan boʻlishi kerak.
Uning bu mezonlarga qanchalik mos kelishi mahalla Xodimlari, xususan, mahalladagi Yoshlar yetakchisi tomonidan baholanishi tizimini yoʻlga qoʻyish kerak. Shundagina yoshlarimiz oʻzini vatan uchun kerakliligini va vatan ravnaqi hamda uning obodligi uchun jamiyat oldidagi fuqarolik masʼuliyatini anglab atrofdagilarni ham unga jalb qiladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!