Yuridik klinikalarni faoliyatini kengaytirish
Bugungi kunda yoshlar umuman insonlar o’rtasida bo’layotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barchasining tag zamirida huquqiy ong va madaniyatning yetarlicha emasligi turadi. Shuningdek, ko’plab shaxslar ma’lum bor huquqiy masalalar yuzasidan ko’plab savollarga ega bo’ladi, lekin ularga javob topish biroz mushkul, natijada esa shaxs keyinchalik ayni o’sha masalada xato qilib qo’yishi, bu esa jamiyatga yomon ta’sir qilishi mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun, tuman-shaharlarda Yuridik-klinikalar faoliyatini yo’lga qo’yishimiz lozim. Bu qanday bo’ladi? Volontyorlar, aynan huquq sohasida tahsil olgan yoki olayotgan talaba-yoshlardan jamoa tashkil qilinib, ular fuqarolar mutojatiga yechim topishga yordam berishadi. Bu yo’lda, tuman adliya bo’limlari bizga ko’makchi bo’lishsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero, klinikada faqatgina volontyorlar emas, uning ishini nazorat qiluvchi, ma’sul, professional shaxs ham kerak. Albatta, ushbu ishni tajriba sifatida, ma’lum tuman-shaharda tajribadan o’tkazish maqsadga muvofiq, masalan Buvayda tumanida