yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Mahalladagi 5 tashabbus sport bosqichlarini o'tkazish uchun sport anjomlari bazasini shakillantirish!

Yo'nalish: Sport va salomatlik
Muallif: Muxammadinomxo'Ja Qayumov
Holati: Tasdiqlandi
Assalamu alaykum ! Odatda mahallalarda 5 tashabbus musobaqasining mahalla bosqichini o'tkazishda shunday kichik ammo muximlik darajasi yuqori bo'lgan kamchilik kuzatiladi ya'ni sport anjomlarining mavjud emasligi yoki yaroqsizligi. Sababi mahalla bosqichlarida asosan mahalla yoshlar yetakchisining yolg'iz o'zi ushbu sport tadbirini o'tkazishga mas'ul bo'ladi va sport anjomlarini ishtirokchilar o'zlari bilan olib kelishini aytadi, bunday vaziyatda ishtirokchining sport anjomi misol uchun aytaylik fudbo'l to'p teshildi va musobaqa so'ngida unga yetkan zarar qoplab berilmadi, bu holatni ko'rgan qolgan ishtirokchilar keyingi safar bu hol takrorlanmasligi va moddiy zarar ko'rmaslik maqsadida o'zlari bilan to'p olib kelishmaydi va o'yin vaqti cho'zilishiga kimningdir sarsongarchiligiga sabab bo'ladi. Bunday xolni boshqa sport turlari bo'yichaham misol qilib keltirsak bo'ladi. Mening taklifim shundan iboratki har bir yoshlar yetakchisiga sport anjomlari bazasi shakillantirib berilsa va bularga uning o'zini masul qilib qo'yilsa o'ylaymanki istalgan vaqt qo'shimcha sport musobaqalarini o'tkazish va yoshlarni 5 tashabbusga qamrab olish hajmi ko'payadi.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.