Professional ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlarini muntazam monitoring qilish
Professional ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlarini muntazam monitoring qilish tizimi yo'qligi sababli sifat ko'rsatkichi pastligicha qolmoqda. Professional o'quv muassasalari bilan ishlaydigan Oliy ta'lim vazirligi qoshida bo'lim bo'lishi, shuningdek hududiy boshqarmalar yonida katta ish auditoriyasi bo'lishi lozim. Hozirda akademik liceylar Universitet yoki Institutga, tibbiyot texnikumlari Tibbiyot vazirligi, yuridik texnikumlar Adliyaga qarashli, proffesional o'quv muassasalari esa Oliy ta'lim, fan va innovaciyalar vazirligining hududiy boshqarmalariga bo'ysinadi. Lekin ular bilan konkret ishlaydigan tizim yo'q. Umumta'lim maktablari yoki Oliy ta'limdagi sifat ko'rsatkichlarini Prof ta'limga ham joriy etish lozim. Besh tashabbus loyihasidagi Kasblar tanlovi yoki boshqa sport musobaqalari Prof ta'lim o'quvchilari orasida muntazam ravichda tashkil qilinishi kerak. Shuningdek Prof ta'lim o'quvchilari orasiga YIA loyihalari taqdimotini amalga oshirishda bir qancha muammolar mavjud. Sababi ular bilan ko'prik bo'ladigan Oliy ta'lim boshqarmasida "halqa" yo'qligi. Ikinchi taklifim shundan iborat: Prof ta'lim o'quvchilari tanlagan yo'nalishi bo'yicha kasb o'rganishi uchun moddiy-texnik bazani yaxhilagan holda ular uchun mehnat bozorini yaratishga yordam berish lozim. Masalan o'qishni bitirgandan so'ng o'z mamlakatimizda yoki xorijiy davlatlarda ishlashi uchun malaka talablariga javob berishi uchun kasb bilan birga bitda xorijiy tilni bilishi shart bo'lishi lozim
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!