O'zbekiston - eng katta ekspartyor
Bu yaxshigina biznes reja. O'zbekistonda meva biznesini rivojlantirish. Yani xitoydan stanoklar texnologiyalar olib kelinadi. Hozr xitoy bilan aloqalarimiz yaxshi bo'lgani uchun menimcha proteksionizm siyosati u qadar kuchli bo'lmaydi. O'zbekistondagi mevalar dunyoning 7 iqlimida ham yo'q. Demak biz bu mevalar eksportini o'zi bilan cheklanmay, ularni qurutishimiz va qadoqlashimiz ham kerak. Qish uchun mevalarni murabbo va sabzavotlarni tuzmala xolatiga keltiruvchilar esa asosan faqat oilalar kesimida bo'ladi. Va ba'zilari salomatlikka javob bermaydi. Botulizmni keltirib chiqaradi. Demak agar biz texnologiyalarni olib kelolsak, biz yuzlab yoshlarni ish bilan taminlay olamiz. Menenjerdan tortib oddiy ishchigacha. Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tekshirilishi esa, bu maxsulotlar O'zbekiston va jahon bozorlarini bemalol egallab olishini asoslaydi. Chunki O'zbekistonda agrar davlat. Men bu loyihani amalga oshirishni juda hohlardim. Chunki buni ortidan infratuzulma, logistika sohasi yaxshilanadi. Men va men kabi talaba yoshlar uchun ish o'rinlari paydo bo'ladi
Loyixani biroz bo'lsa ham aytdim. Qolgani esa to'liq biznes reja. Maqul topsangiz biznes rejani to'liq yuboraman.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!