yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Ekologiyamizni asraylik

Muallif: Mushtariybegim Haydaraliyeva
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum, meni taklifim ekologiyamizga aloqador. Barchamizga ma'lumki ob-havomiz judayam yomonlashib bormoqda, ayniqsa poytaxt ko'chalarida nafas ololmay qoladi kishi. Bunga juda ko'p sababchi omillar bor: mashinalar, zavodlar, tamaki tutunlari, bir martalik mahsulotlar(baklajka, salafan va hokazo). Agar men mana shu jamoaga qo'shilsam, yoshlar bilan "Ekologiyamizni asraylik" qabilidagi loyiha tashkil qilaman va unda turli hil valantyorlik ishlarini, yaxshi mobilograf tengdoshlarim orqali tabiatni muhofaza qilishga doir videolar olib, aholi o'rtasida tabiatni asrash uchun targ'ibot ishlarini amalga oshiraman. Bu loyihamni eng oddiy namunasi sifatida, salafanlardan foydalanishni kamaytirish bo'ladi(axir ular chirishi eng qiyin mahsulotlardan biri hisoblanadida). Bozor, magazin, korzinkaga borganda matodan tikilgan sumkalar(hozirda trend bo'lgan shopperlar ham misol bo'ladi) ishlatish. "Jamiyat o'zgarsin, o'zi biz shunaqa xalqmiz" kabi noto'g'ri stereotiplarga qarshi kurash olib borgan bo'lardim. Chunki insonlarga biror bir ishni qilmang to'g'ri emas desak ko'p hollarda ana hamma qilyaptiku degan javobni olamiz(chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik, sigaretlarni belgilanmagan joyda chekish kabi). O'zgarishni jamiyatdan emas, o'zimizdan boshlashimiz zarur. Tabiatni asrash borasida O'rikgulidan ilhomlangan holda beryapman bu taklifni. Faqat men xoxlayotgan narsa- mana shunday ishlarni Respublika miqyosida ,aholi o'rtasida keng yoyish; birgina shaxsning kurashishi kifoya qilmaydi. Mana shu men bermoqchi bo'lgan taklif edi. E'tiboringiz uchun rahmat!
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.