yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Yosh tadbirkorlar uchun energetika yetkazishda qulayliklar yaratish

Muallif: Dilyorbek Rustamov
Holati: Tasdiqlandi
Yosh tadbirkorlarga nisbatan gaz va elektr energiya bilan ta'minlashda "bazaviy me'yor" belgilangan, ma'lumki yoshlar tomonidan tadbirkorlikka asos solinganda tabiiy gaz yoki elektr energiyadan foydalanishda ushbu me'yor elektr energiyasi kVt soatlarini va tabiiy gazning kub metrlarini oshirish kerak, bir oylik bazaviy me'yor elektr energiyasida 200 kVT soat va tabiiy gazda 500 (isitish mavsumida) hamda 200 (boshqa mavsumda) kub metrning belgilangan eng arzon me'yordan o'tishi bilan birdaniga narxlarning ikki baravar oshib ketishi yosh tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy qiyinchilik balki ishlab chiqarishda ham muammolarni keltirish chiqaradi. Shu sababli yosh tadbirkorlar tomonidan ilk marotaba tadbirkorlik subyekti tashkil etilayotgan taqdirda ushbu me'yorni oshirish yoki belgilangan narxlarning teng yarmi hisobida hisob-kitob qilish amaliyotini yo'lga qo'yish kerak deb o'ylayman. Ushbu imtiyozli davr yosh tadbirkor faoliyatini yaxshilab olguniga qadar ammo 3 yildan oshmagan muddatga qadar taqdim etiladi. Bu taklifning amalga oshirilishi bilan energetika sohasidagi o'g'riliklar, talon-taroj kabi boshqa qonunchilik buzilishi holatlarini kamayishiga va yosh tadbirkorlar tomonidan qonuniy yashirin iqtisodiyotsiz faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. Shuningdek tejalgan mablag'lar hisobiga tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni ko'pyatirish evaziga yangi ish o'rinlari yaratilishiga va raqobatni rivojlantirib qulay biznes muhitini yaratishga yordam berishi mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.