Maktablardagi sport zallar haqida
Assalom alekum meni ismim Ahror men sirdaryo tumani Tadbirkor mahallasida yashayman. Xurmatli Prezidentimiz biz yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib bermoqda buning uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bizning mahallamizda joylashgan 36-sonli umumta'lim maktabimizda mana mustaqillik yillaridan buyon sport inshoati ya'ni sport zal yo'q sizga iltimosim ham taklifim shundan iboratki Ta'lim vazirligiga murojaat deymizmi yoki sport vazirligiga bilmayman maqsadimiz bizning ham mahallamizda sport inshoati bo'lishini hohlaymiz nafaqat bizni mahallada umuman olganda barcha xududlarni sport inshoatini ko'zdan kechirib qurilishi kerak bo'lgan hamma maktablarda bo'lsin degan taklifim bor. Nimaga desangiz bizni mahalla yoshlar yetakchimiz doim bizlarni sport musobaqalariga doimiy taklif qiladi va biz ishtirok etib kezi kelsa tuman bosqichiga ham chiqolmay qolamiz negaki bizda sport tushunchasi kam shunday bo'lsada yetakchimizni tirishqoqligi hamda mahallamiz obro'si uchun ham qatnashamiz sizga taklifdan ham ko'ra ko'proq iltimos qilamiz bizga spot zal hozirgi kunda juda zarur.