Aholini kitobxonlikka jalb etish
Hozirgi davrda mobil qurilmalar ta'sirida aholi o'rtasida kitoblarga qiziqish kamayib bormoqda. Bu esa achinarli holat. Buni bartaraf etish uchun ko'plab loyihalar amalga oshirilmoqda, ularning ba'zilari samara beryapti ba'zilari esa, yo'q. Ularnig ko'plari ham faqat yoshlar uchun ishlab chiqilmoqda. Men yosh avlodni shu bilan birga kattalarni ham kitobga qiziqishlarini ortishiga hissa qo'shuvchi loyiha ishlab chiqdim. Insonlar hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardan bekorchi narsalarni ko'rish uchun ham foydalanishmoqda. Tabiiyki, ijtimoiy tarmoqlarda ham, ommaviy axborot vositalarida ham turli xil maxsulotlar reklamalari berib boriladi, reklama esa maxsulot xaridi o'sishiga xizmat qiladi. Mening fikrim shundan iboratki, ommaviy axborot vositalarida ham, mobil qurilmalar, ko'cha ko'ydagi peshtaxtalarda ham kitoblarning reklamalari qiziqarli ko'rinishda huddi boshqa maxsulot reklamalari kabi berilsa insonlarning kitobga bo'lgan qiziqishlari ortishi mumkin. Chunki, ko'plab ayollar faqat uyda o'tirishlari va televizor tomosha qilishlari mumin. Bu esa ularni kitob mutolaasiga targʻib qiladi.To'g'ri, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar kitob do'konlarining sahifalari orqali ommaga ko'rsatiladi lekin bu yetarli emas. Eng asosiy masala, hozirgi kunda asosan ayol-qizlarni kitob mutolaasiga jalb qilish kerak, chunki yosh avlod tarbiyachilari aynan ayollar hisoblanadi. Bolalar ko'proq onasidan tarbiya va o'rnak olishadi. Bundan tashqari, endigina o'sib kelayotgan yosh avlodni kitoblar mutolaasiga qiziqtirsh uchun qiziqarli, zamon talablariga mos multfilmlar ishlab chiqish va ularni ko'proq bolalarga namoyish qilish ancha samarali bo'ladi deb o'ylayman.