yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Qog'ozbozlikni kamaytirish

Yo'nalish: Media
Muallif: Nigora Asqarova
Holati: Tasdiqlandi
Hukumatimiz tomonidan yoshlarga juda katta e`tibor qaratilmoqda. Biroq, berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishda, tegishli davlat tashkilotlari (bank, moliya, kadastr va h.k.) tomonidan byurokratiyaga qo`l urilayotganligi, qog`ozbozlikning ko`pligi va korrupsiya kabi illatning mavjudligi yoshlar o`rtasida norozilikning paydo bo`lishiga hamda ishbilarmonlik ruhiyatining tushushiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, ish o`rnining kamligi va borlarining ham oylik maoshi ozligi natijasida yoshlarning chet elga ish qidirib ketishiga shuningdek, diniy mytaasiblikga berilishiga, har xil dininy sekta yoki muxolifatchi kuchlarga a`zo bo`lib qolishiga sabab bo`lmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi takliflarimni bildiraman: - Tashkilotlardagi byurokratik ishlar va qog`ozbozlikni yo`q qilish; - korrupsiyani oldini olshda jazo turlarini kuchaytirish; - tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o`rnini ko`paytirish; - maktabda bitiruvchi yoshlarga iqtisodiy ongini rivojlantirishda bir oylik o`quv kurslarini tashkil etish (Iqtisodiyot fani o`qituvchisiga yuklatish).
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.