Volontyorlikdan tadbirkorlik sari!
Mazkur loyiha ayollar va temir daftar, yoshlar daftarida kiritilgan qizlarni va oila farzandlarini bepul tarizda to`qish va tikish bo`yicha o`quv dasturi tashkil qilish va shu orqali yoshlarga kasb o`rgatish, ularni maqsadli vazifaga yo`naltirish, ularni kasb o`rgangandan keyin firma va xususiy korxonalarga faoliyat boshlasa ularni ijtimoiy himoya resteridan chiqarish va ularga asosiy maqsad qilib olingan. Loyiha maqsadi: 1) Loyiha asosida 6 oyda 15 nafar qizlar kasb egalaydi. 2) Loyiha asosida 15 nafar yosh egalagan kasbi orqali o`zlari ham firma ochishi yoki boshqa firmalarga yaxshi maosh asosida ishlash imkoniga ega bo`lib ijtimoiy ximoya resteridan chiqish imkoniga ega bo`ladi. 3) Loyiha asosida kasb o`rgangan qizlar o`zlari kabi qizlarga ham kasb o`rgatish orqali va o`zlari ham huddi shu loyihadek ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini guruhlariga olib (har bir guruhda 5 foizdan oshmagan holatda)kasb o`rgatadi. Loyihaning asosiy vazifalari: 1) Ijtimoiy himoyaga muhtoj tikuvchilik kasbiga qiziquvchi yoshlarni hayotda o`rini topishda ko`mak berish. 2) Loyiha orqali yoshlarni muhtoj qatlamini kamaytirish va qishloq hududlarida tikuvchilik va kasb maktabini rivojlantirish. 3) Loyiha asosida kasb o`rgangan qizlar faoliyatni yuritish orqali ijtmoiy himoyaga muhtoji qatlamni kamaytirish. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar: Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar bu loyiha asosida tikuvchilik kasbi bilan shug`llanuvchi lekin kerakli malaka va tajribaga ega bo`lgamagan qizlarni shu loyiha asosida kasb egalab 15 nafar yoshni 7 oy davoimida kasbiy bilim berish va shu orqali ularga hayotda o`z o`rnini topishda amaliy yordam berish. Ular tugatgandan so`ng shu egalagan kasibiy bilim orqali o`zlarining hududlarida yoki boshqa hududdagi korxonalarga shartnoma asosida yuqori maosh bilan o`z ish va davoimiy daromadga ega bo`lishini ta`minlash hisoblanadi. O`z hududlarida qolgan qizlar boshqa himoyaga muhtoj qizlarga o`z kasibini o`rgatish bilan boshqalarga ham faoliyatni boshlashga amaliy yordam beriladi.