Oliy ta'lim oʻquv muassasalarida imtiyozlik stipendiyalarga ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni joriy qilish
Hozirgi kunda Mustaqil Oʻzbekistonda biz yoshlar uchun hamma imkoniyatlar eshigi keng ochilgan buni birgina misolda Oliy taʼlimdagi islohotlarda koʻrishimiz mumkin. U joylarda yaratilgan sharoitlar, axborot resurslarini koʻpligi va xalqaro darajadagi professor oʻqituvchilarning bilim berishi , talabalarni yanada chuqurroq ilm olishga undaydi
Men shu mustaqil Oʻzbekiston farzandi sifatida quyidagi masalani taklifga qoʻymoqchiman. Oliy taʼlim muassasalarida joriy qilingan ,,Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi, ,,Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiʼʼ va yana shunga oʻxshash imtiyozlik stipendiya sovrini uchun ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblarini ham aniqlash va ularning bilim saviyasi va qilgan mehnatlariga yarasha taqdirlanishlarini soʻrab qolgan boʻlar edim
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!