Maktablar kesimida debatelar tashkil qilish
Muallif:
Dilorom G'Ofurjonova
Holati:
Tasdiqlandi
Debatlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muloqot qilish va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib, bir mavzu bo‘yicha qarama-qarshi fikrlarni bildirishadi, bir-birlarini tinglash va fikr almashish jarayonida bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
O‘zbekistonda endi mashhur bo‘lib kelayotgan Ibrat Debate kabi loyihalarni maktablarda ham joriy qilishni taklif qilaman. Bu orqali o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirib, xalqaro miqyosda raqobatbardosh ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Debat klublarini tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash va musobaqalar o‘tkazish bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!