Yosh tadbirkorlar forumi. O'rgan va o'rgat dasturi.
Aholi, umuman olganda yoshlar bandligini ta'minlash bugungi kunning dolzarb mavzusi sanaladi.
Har yili hududlarda yosh tadbirkorlar forumini tashkil etish, eng yaxshi biznes loyihalarni qo'llab quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish xisobiga bandlik ta'minlashga erishish mumkin. Yosh tadbirkorlarga ichki va tashqi bozorlarga chiqishda qulayliklar yaratish, ularga ko'maklashish kerak.
Eng yaxshi biznes loyihalarni saralab olib uni boshqa viloyatlarda hudud infratuzilmasidan kelib chiqib ishga tushirish kerak.
Birgina oziq ovqat sa'noatida xususiy biznesni yo'lga qo'ygan yoshlarning loyihasini o'rganib chiqqan holda o'rgan va o'rgat dasturi orqali tayyor biznes planni va startap loyihani boshqa hududda ishga tushirish evaziga yangi ish o'rinlarini yaratish mumkin.
Chorvachilik sohasida ham yosh fermerlarni topish, Yosh tadbirkorlar forumiga jalb etish va ularga bizneslarini rivojlantirishga ko'maklashish mumkin bo'ladi. Bu o'z navbatida yangi ish o'rinlarini ochilishini kafolatlaydi.
O'rgan va o'rgat dasturi bir qarashda g'ayrioddiy tuyulishi mumkin.Lekin Yangi O'zbekistonning fidokor yoshlari o'z tengdoshlarini qo'llab quvvatlashi va yurt taraqqiyoti yo'lida bir maqsad sari birgalikda harakat qilishiga ishonaman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!