yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Oilasini Oʻzbekintonda qoldirib 2-3yillab chet elda ishlab turgan yoshlarga Oʻzbekistonda yaxshi daromadli ish qilishlarida koʻmaklashishingizni soʻrayman.

Muallif: Gulhayo Tursunboyeva
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu aleykum meni taklifim shundan iboratki hozirgi kunda koʻp yoshlar chet elga ishlash uchun ketishmoqda oliy maʼlumotli boʻla turib ham hattoki bu esa tabiiyki oilalarda yaqinlar sogʻinchi , musofir yurt qiyinchiligi demakdir . Shaxsan men oliy oʻquv yurtini tamomlaganman hozirda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani 25-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelmoqdaman . Turmush oʻrtogʻim esa oliy oʻquv yurtiga kira olmaganlar lekin kompyuter va boshqa sohalarda ancha yaxshilar , lekin hozir mana 3yildirki chet eldalar oila tashvishi bilan Oʻzbekistonga keling desak borganim bilan ish yoʻqku yaxshi daromadli deydilar . Yosh oilalar uchun ham qandaydir oʻzlarini tiklab yaxshi hayot yoʻlini barpo etishlari kelajak avlodlariga yordam bera oladigan darajaga yetisha olishlarida turtki boʻladigan loyihalarmi, imtiyozlarmi joriy qilinsa nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi. Taklifimni koʻrib chiqasizlar degan umiddaman . Oʻzim oʻqituvchi boʻlsamda dublyaj sohasiga juda qiziqaman lekin bu sohada oʻqish uchun menda sharoit yoʻq . Agar sinov tariqasida yaʼni kasting asosida shu sohaga ishga olsangizlar jon deb oʻzimni sinab koʻrar edim. Menda shu asosiy taklifim chet elda musofir yurtlarda ishlab yurgan yoshlarga ham yaxshi ish tashkillab bersangizlar.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.