yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Kitobxonlil va intellektual o'yinlar

Muallif: Akobirxon Lutfilloyev
Holati: Tasdiqlandi

Assalom aleykum. Mening taklifim shundan iboratki, so'nggi yillarda ko'p targ'ib qilinayotgan kitobxonlikni yanada ommalashtirish uchun eng avvalo rahbarlar va davlat tashkilotlari xodimlari jonbozlik ko'rsatishlari zarur. Buning uchun, albatta kitob mutolaa qilish va kitobxonlik bo'yicha turli musobaqa hamda tanlovlarni tashkil etish lozim. Misol uchun, joylarda kitobxonlikni targ'ib qilish, yoshlarning intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga xizmat qilishi lozim bo'lgan yoshlar yetakchilarining o'zini ham dunyo qarashini keng qilishimiz va bilim saviyasini oshirishimiz talab etiladi. O'zim shu lavozimdagi xodimman. Shu yildan boshlab yetakchi spartakiadasi musobaqasi o'tkazila boshlandi. Bu yaxshi xabar, albatta. Ammo yanada rivojlanish talab etiladi. Hududiy saralash musobaqalari nomigagina o'tkazilmasligi lozim. Yoshlar yetakchilari o'rtasida muntazam ravishda, ZAKOVAT o'yinlari, kitobxonlik tanlovlari, Ibrat farzandlari turniri, intellektual eruditsiya kabi aqlni charxlashga xizmat qiladigan musobaqalarni o'tkazish kerak. Va albatta har bir mahallada, yoshlar o'rtasida o'tkazish lozim. Maktab o'qivchilari o'rtasida, har bir tumanda ZAKOVAT ligasini yo'lga qo'yish, IQ testlar singari musobaqalar o'tkazish ham ziyon qilmaydi. Qilganga yarasha, rag'banlantirish ham yaxshi bo'lishi kerak. Bu borada faol bo'lishga va tashkilotchilik ishlariga doimo shaymiz! Menda bu boradagi g'oya va zaruriy taqdimot 1 yildan beri bor. Ammo uni haligacha hech kim eshitmadi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.