yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash va jismoniy tarbiya darslarini imkoniyati cheklangan yoshlar uchun qulaylashtirish.

Yo'nalish: Inklyuziv ta'lim
Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Imkoniyati cheklangan yoshlar boshqa tengdoshlari kabi futbol o'ynagisi yoki yugurgisi keladi. Lekin ko'p holatlarda ularning nogironlar aravachasida ekanligi to'siq bo'ladi. Ana shu muammolarni hal etish va nogironligi bo'lgan yoshlarga qulay sharoit yaratish maqsadida turli virtual o'yinlarni olib kirish lozim. Virtual o'yinlar orqali imkoniyati cheklangan yosh ham virtual reallik ko'zoynagini taqib jismoniy mashqlarni bajarishi, hatto basketbol to'pini savatchaga tashlashi mumkin. Bu esa o'z navbatida inklyuzivlikni ta'minlaydi. Hatto jamoaviy bo'lingan holda yoki sog'lom tengdoshi bilan birgalikda boks musobaqasida ishtirok etishi ham mumkin. Baholash ham qilingan harakatga qarab qo'yiladi va ta'limdan ajralmagan holda jismoniy tarbiya darslarini ham tizimli qila oladi. Albatta bu borada sog'lom tahsil oluvchilarni hayotda ko'proq jismoniy faol bo'lishi nazoratdan chetda qolmasligi maqsadga muvofiq.
Izoxlar (12)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.