yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Ichki turizmni rivojlantirish

Yo'nalish: Madaniyat va san'at
Muallif: Shahlo Shomurodova
Holati: Tasdiqlandi
Ichki turizmni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun reklama resurslarini kengaytirish va yoshlar ishtirokini kuchaytirish zarur, chunki aynan yoshlar reklama salohiyatiga eng moyil qatlam hisoblanadi. Shu o‘rinda, dunyoda turizm sohasida yetakchi davlatlar, xususan, Turkiya tajribasidan ilhomlanib, o‘zimizning boy tarixiy merosimiz va zamonaviy imkoniyatlarimizni kitoblar va nazariy ma’lumotlar orqali emas, balki jonli va ta’sirchan shakllarda dunyo hamjamiyatiga namoyish etishni yo‘lga qo‘yish muhimdir. Bu maqsadga erishish uchun: 1. Ichki va tashqi reklama kampaniyalarini modernizatsiya qilish, innovatsion yondashuvlardan foydalanish; 2. Yoshlar orasidan turizm targ‘ibotiga iqtidorli shaxslarni tanlab, ularni qo‘llab-quvvatlash; 3. Yangi texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va multimedia platformalaridan samarali foydalanish orqali mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarini butun dunyo bo‘ylab tanitish; 4. Turizm sohasi uchun ixtisoslashtirilgan jamoalarni tashkil etish, ularning faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kabi choralar ko‘rilishini taklif etamiz. Ishonamizki, yuqoridagi takliflar ichki turizm salohiyatini oshirishga, mamlakatimizni jahon turizm xaritasida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.